19:55 / 22.06.2024
200

Hande Erchel yana bir mashhur aktyor bilan yangi serialda suratga tushadi

Hande Erchel yana bir mashhur aktyor bilan yangi serialda suratga tushadi
Foto: Lifestyle Asia
Filmda to‘g‘ri tanlangan juftlik, ularning bir-biriga mos va uyg‘un tashqi ko‘rinishi ba’zida syujeti jihatdan a’lo bo‘lmagan loyiha ham muvaffaqiyatli bo‘lishini ta’minlaydi.

May oyining boshlarida latofatli turk aktrisasi, “Qalbim eshigimni qoq” seriali yulduzi Hande Erchel yangi loyihaga qo‘l urgani haqida e’lon qildi. Aktrisa serial tafsilotlarni muxlislari bilan baham ko‘rmadi, lekin uning tomoshabinlar yangi loyiha haqida tez kunda boxabar bo‘lishlarini va’da bergan edi.

Hozirda Hande ishlayotgan yangi loyiha haqida birinchi tafsilotlar paydo bo‘ldi. Ma’lum bo‘lishicha, aktrisa Erchel “O‘zga sevgi” nomli badiiy filmda bosh rolni ijro etadi. Suratga olish ishlari O3 Media kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Hande Erchelga turk kinosining yana bir yulduzi – “Quzg‘un”, “Chuqur”, “Ijaradagi sevgi” turk seriallaridagi roli bilan tomoshabinlarga tanish bo‘lgan ajoyib aktyor Barish Arduch hamrohlik qiladi.

Foto: Takvim Gazetesi
Turk matbuotlarining xabar berishicha, suratga olish ishlari iyun oyining oxirida Istanbulda boshlanib, so‘ng Urla, Chashma va Alachati shaharlarida davom etadi.

Serial “Yaziman” kompaniyalar guruhining ikki merosxo‘ri: bir vaqtlar yaqin do‘st bo‘lgan Asli Mansoy (Hande Erchel) va Ege Yazichi (Barish Arduch) haqida hikoya qiladi. Ularning korxonasi inqirozga yuz tutgani uchun do‘stlar yana uchrashishiga to‘g‘ri keladi. Biznesni saqlab qolish uchun Egey portida hashamatli mehmonxona qurilishi kerak bo‘ladi.

Foto: People Talk
Hande Erchel “Gunesh qizlari”, “Malikam, endi qara” va “Qalbim eshigini qoq”, “Mutlaqo o‘zgacha” kabi mashhur seriallarda bosh rollarni ijro etgan. Erchel loyiha haqida quyidagicha fikrlarini bildirdi:

"Fikrimcha, mazkur loyiha boshqa seriallarga nisbatan murakkabroq va jiddiy yondashuvni talab etadigan vazifa. Shuning uchun hozirda bu men uchun eng muhim serial deb ayta olaman", — deydi aktrisa.

Filmda aktyor Burak Deniz ham suratga tushadi. Ilgari ular “Malikam, endi qara” serialida birga ishlagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Hande Erchel yana bir mashhur aktyor bilan yangi serialda suratga tushadi
ePN