Foto: YouTube
“Ovoz” loyihasidagi ishtirokidan so‘ng tomoshabinlar e’tiboriga tushgan xonanda Madlen Sharipova “Mirsodiqova bilan” YouTube kanaliga bergan intervyusida ko‘pchilikni qiziqtirgan savollarga javob berdi.
Madlenning Yorqinxo‘ja Umarovning singlisi, Ozodbek Nazarbekov qizining qayinsinglisi ekani va aynan shuning uchun “Ovoz” loyihasida madaniyat vaziri tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotganligi haqidagi izohlar loyiha yakunigacha ijtimoiy tarmoqlarda tinmadi. Madlen “Ovoz” loyihasi unga nima bergani hamda tanqidlarga qanday munosabat bildirishi haqida so‘zlab berdi.
“Antaliyada ofitsiantlik qilganman”
— Kichkinaligimdan atrofimda ruslar, koreyslar bo‘lgan yoki ruslashgan o‘zbeklar bo‘lgan. Ko‘p chet davlatlarda bo‘lganman, Moskvada o‘qiganman. Balkim shu narsa ham asosan rus tilida gapirishimga sabab bo‘lgandir. Moskvada 2 yil yashadim, o‘qidim. Restoranlarda, turli karaokelarda ishladim. Turkiyaning Antaliya shahrida ofitsiantlik qildim. O‘zimni boshqa ishlarda ham sinab ko‘rgim kelgani uchun ofitsiantlik qilganman. Bir kun uchun 200-300 dollar berishardi. U pullarni darrov kvartira ijarasiga, kiyim-kechaklarimga ishlatardim. Antaliyada rahbarlar qo‘polroq edi va bu ish menga to‘g‘ri kelmasligini darrov tushunganman.
“Sevimli ovoz” va Cover up'ni nimaga tark etgan?
— “Sevimli ovoz” quruq loyiha edi. “Yulduzlar fabrikasi”ning o‘zbekcha variantini qilmoqchi bo‘lishgan, lekin hech narsa tayyor emasdi. Jonli ijro aytiladi, degan joyda fonogramma aytilardi. Apparatura ko‘tarmagan joylari bo‘lgan. Shu paytda men o‘z vaqtimni bekorga o‘tkazyapman, degan fikr kelgan va chiqib ketganman.
Cover up Timur Salimovning afsonaviy loyihasi bo‘lgan. U yerda akam bor edilar. U yerda hammasi o‘zbekcha, tizim o‘zbekcha edi. Men o‘zimni qora qarg‘alar orasida oq qarg‘adek his etganman. O‘sha yilda o‘zimni qidirishni boshlaganman, haliyam izlayapman. Shunday yo‘lni topayki, u xalqqa ham, o‘zimga ham yoqsin. Cover up'da chiqishim xalqqa yoqmadi, lekin o‘zimga yoqdi. “Oltin o‘rtalik”ni topa olmayapman.
“Nimaga Tohir Sodiqovni tanlamadim, deb o‘ylayman”
— Ozodbek Nazarbekov “Ovoz”gacha mening qo‘shiq aytishimni eshitmaganlar. Qayrilishlaridan avval ham meni chiqishimni bilmasdilar. Ular menga to‘g‘ri ishora qildilar: “Meni tanlama”, deb. Lekin men o‘zimni olov hisoblayman, o‘zimga o‘zim isbotlagim keldi. O‘sha narsani o‘zimda sinab ko‘rgim keldi. Men o‘zimdan kuchli odamni tan olishni ham bilaman. Sahnada turganimda o‘zim bilan o‘zim kurashishni xohladim. Menga hamma ustozlar qayrilgan edi. Hozir endi “Nimaga Tohir Sodiqovni tanlamadim?”, deb o‘ylayman. Lekin o‘shanda odamni hayajon bosarkan. “Ovoz”ning sahnasi odamni bosarkan. Bu loyihaning adolatsiz tomoni odamlarning e’tibori menga emas, oilamga tushib qolgani bo‘ldi.
Loyihadagi kamchiliklar
— Sahnada bizga o‘zimizning ovozimiz eshitilmadi. Bizga naushniklar berib qo‘yildi, lekin ko‘pchilik naushnik bilan ishlashni bilmaydi. Keyin tayyorgarlik uchun vaqt juda qisqa edi. 1-2 hafta va syomka, bu qisqa vaqt oralig‘ida tayyorlanish juda qiyin edi. Ham musiqachimiz bitta edi. Biz necha kishimiz? 1-2 hafta ichida 40-50 ta qo‘shiqni tayyorlashdi.
Foto: Instagram
“Oyim chiqmaganida meni hech kim tanimasdi”
— Chiqarib yuborishganida ko‘nglim juda ham xotirjam edi. Chunki agar finalga o‘tganimda negativ va tanqidlar bundan ham ko‘p bo‘lardi. Boshida gap-so‘zlarga e’tibor bermadim, lekin bora-bora ular menga ta’sir qila boshladi.
Agar loyiha tanishtiruvida oyim chiqmaganlarida mening kim ekanligimni hech kim bilmasdi. Odamlar menga oddiy ishtirokchiga qaraganday qarashardi. Lekin shunday muhim damda onam yonimda bo‘lishlarini juda xohladim.
“Ovoz”dan keyin ijtimoiy tarmoqdagi negativdan tashqari, hammasi yaxshi bo‘ldi. “Ishtaham” ochildi, yangi qo‘shiqlar qilyapman. Balki negativlar ham mening oldinga yurishimga turtki bo‘lgandir. Aslida qanday ijodkor ekanligimni isbotlash istagi uyg‘ondi.
Nima uchun akasidan yordam so‘ramaydi?
— Akamdan yordam so‘rashga uyalaman. Chunki vaqtida ularga ham hech kim yordam bermagan. Bolaligimda akam san’atkor bo‘lishimga qarshi bo‘lganlar. Endi esa men oilali, farzandliman. Hozir qarshilik qilmaydilar.
Shunday akam borligidan o‘zimga o‘zim havasim keladi. Bizga qanaqadir yordam kerak bo‘lsa, birinchi o‘rinda akam turadilar. Qo‘llarida 100 so‘m bo‘lsa shuni ham bizga berib yuboradilar. Bitta bizga emas, atrofdagilarga ham shunaqalar. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi