
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ozoda Nursaidovaning “Lada” va “Dilbarim” qo‘shiqlariga ishlangan kliplarda bosh qahramonni gavdalantirgan qiz “Mening yurtim” telekanalining “Omon-omon” ko‘rsatuviga bergan intervyusida o‘zi haqida so‘zlab berdi, deb xabar bermoqda Daryo.

Foto: Instagram
— Mening ismim Shabnam. Samarqand shahridanman. Maktabning 9-sinfida oʻqiyman. Bolaligimdan san'atga juda qiziqaman. Aktrisa boʻlishni orzu qilganman. Samarqanddagi kelinlik liboslari salonida model sifatida ish faoliyatimni boshlaganman. Ota-onam ushbu orzumni qoʻllab-quvvatlab, menga yordam berishmoqda. Agar inson yaqinlari tomonidan qoʻllab-quvvatlansa, har qanday orzusiga erisha olarkan. Maktab direktorimizga, oʻqituvchilarimga ham rahmat aytaman. Chunki syomkalarim chiqib qolsa, dars qoldirishimga ruxsat berishadi. Qoʻshiqchilikka ham qiziqaman. Kelajakda ushbu yoʻnalishda hamda aktyorlikka oʻqish niyatim bor.
Shuningdek, Shabnam aynan Ozoda Nursaidova bilan hamkorlikdan soʻng unga yana bir nechta kliplarda rol oʻynash boʻyicha takliflar kelib tushgan.

Foto: Instagram
— Kastingdan oʻtib, Ozoda Nursaidovaning klipida suratga tushganimdan soʻng ijodiy takliflar koʻpaya boshladi. Shu oʻrinda Ozoda Nursaidova hamda klip ijodkorlariga har tomonlama qoʻllab-quvvatlaganlari uchun minnatdorlik bildirmoqchiman. “Lada” va “Dilbarim”dan keyin Oybek Sangin hamda Jasur Mavlonovlarning qoʻshiqlariga ishlangan kliplarda suratga tushdim, deydi Shabnam. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar