![“Muhtasham yuz yil” serialida koʻtarilgan uchta muhim mavzu...](/uploads/posts/2025-02/50392d3756_139352804741_jpg-z2dvwyj8.webp)
Foto: Kinoafisha.net
Bir qarashda “Muhtasham yuz yil” seriali Usmonlilar imperiyasining tarixi, sulton Sulaymon davrida boʻlib oʻtgan voqealar fonida tasvirlangan sevgi hikoyasidek koʻrinadi. Ammo serialda zamonaviy voqelikka ham mansub boʻlgan bir nechta muammolar, jumladan, ijtimoiy deprivatsiya, jamiyatda ayollarning oʻrni yoʻqligi kabi mavzular koʻtarilgan, deb yozadi Daryo nashri.
Ijtimoiy deprivatsiya
![](/uploads/posts/2025-02/cf196acc2b_548554707869-p4wobbrd.webp)
Foto: Kinoafisha.net
Bu tushuncha insonning jamiyat bilan toʻlaqonli aloqada boʻlish imkoniyatining cheklanishini yoki yoʻqligini anglatadi. Ijtimoiy deprivatsiya natijasida inson psixologik, hissiy yoki iqtisodiy jihatdan qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin.
Sulton haramidagi barcha qizlar juda yosh vaqtida oʻz ona vatanidan, oilasidan, doʻstlaridan majburan ajratib qoʻyilgan. Xurram, Nurbonu, Koʻsem va boshqa minglab saralab olingan ayollar boshqa hech qachon uyiga qaytmasliklarini bilgani uchun ham kuchli psixologik jarohatni boshdan kechirishgan.
Patriarxal jamiyatda ayollarning oʻrni
![](/uploads/posts/2025-02/bd092dbe84_scale_1200-mutdcnvb.webp)
Foto: Kinoafisha.net
Usmonlilar imperiyasida ayollarga berilgan bir nechta imtiyozlarga qaramay, ular erkaklarga qaraganda kamroq qadrlangan. Bunday jamiyatda ayollar uchun asosiy xavf shaxsiy erkinlikning yoʻqligi boʻlgan. Erkaklar ayollar oʻrniga qaror qabul qilishgan va ularga hech qachon tanlovni oʻz qoʻliga topshirmagan. Avval ota-ona qizining taqdirini hal qilsa, keyin bu huquq erlarga oʻtgan.
![](/uploads/posts/2025-02/0243f2c285_imgpreview-dpeucx1o.webp)
Foto: Kinoafisha.net
Usmonlilar davridagi ayollar mustaqil hayot kechirishni hatto orzu ham qila olmagan. Ular passiv boʻlishga, doim boʻysunishga mahkum boʻlgan. Bunga qashi chiqqan xotin-qizlarning taqdiri ayanchli tugagan. Ushbu jamiyatda omon qolish uchun ayollar shunchaki oqimga qarshi suzmaslikni oʻrgangan.
Ayollar bunday jamiyatdagi mavqeyini koʻtarishi qiyin boʻlgan. Hatto davlat boshqaruvi ayol kishi qoʻliga oʻtsa ham, qizlarning mamlakatdagi qadr-qimmati oʻzgarishsiz qolgan.
Salbiy muhit
![](/uploads/posts/2025-02/2da8ddee42_edd7db2a2f880623c5cac6894f95efcf-zuw1ldzs.webp)
Foto: Kinoafisha.net
Haramdagi ayollarning bir-biriga boʻlgan hasadi va nafratini qanchalik katta falokatga olib kelishiga yaqqol misoldir. Xurram sulton uchun munosib rafiqa va musulmon ona boʻlishga harakat qilgan bir paytda uning qaynonasi Volida sulton Xurramni yoʻq qilish uchun bor kuchini ishga soldi. Yoshi katta ayol kelini bilan umumiy til topish oʻrniga, u bilan urush qilishni afzal koʻrdi. Ilgari oʻzining qadr-qimmati va donoligi bilan tanilgan Volida sultonning Xurram bilan bir dasturxonga oʻtirishdan bosh tortishi xuddi oʻsmir qizning injiqliklariga oʻxshar edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar