Boks afsonasi Mayk Tayson turk serialiga taklif qilindi

Boks afsonasi Mayk Tayson aktyorlik faoliyatida yana bir loyiha bilan ishtirok etishi mumkin. Turkiyalik jurnalist Birsen Altuntashning xabar berishicha, mashhur bokschi “Tuzlu Kahve” serialida mehmon aktyor sifatida suratga tushishi kutilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Tayson serialda taniqli turkiyalik aktyor Bug‘ra Gülsoy gavdalantirayotgan Mehmet obrazining Amerikadan kelgan do‘sti rolini ijro etishi mumkin. Loyiha prodyuseri Polat Yağcı bokschini Turkiyaga taklif qilgani aytilmoqda.
Biroq Mayk Taysonning serialdagi ishtiroki hozircha rasman tasdiqlanmagan. Shu sababli uning suratga olish ishlarida qatnashishi va obrazining tafsilotlari bo‘yicha yakuniy ma’lumotlar kutilmoqda.
Mayk Tayson sportdagi faoliyatidan tashqari, avval ham kino va teleloyihalarda ko‘rinish bergan. Agar mazkur hamkorlik amalga oshsa, muxlislar uni turk serialida ham tomosha qilish imkoniga ega bo‘lishadi.































Izohlar 0
…