
Foto: Instagram
8 fevral kuni “Doʻstlik” ordeni sohibi, el suygan aktyor Xusan Musaboyev 71 yoshida bu yorugʻ olamni tark etdi. Bu haqda Oʻzbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi Telegram kanalida xabar berildi.
Xusan Musaboyev “Ajoyib hayolparast”, “Bozor koʻrmagan yigit”, “Anora”, “Hayot mamot”, “Men bu men”, “Oʻgʻrigina kelin”, “Er bermoq – jon bermoq”, “Jiblajibon”, “Aldamadim, hazillashdim”, “Ana xolos!”, “Super xizmatkor”, “Yasha, xotin!” kabi koʻplab filmlardagi oʻziga xos rollari bilan tomoshabin mehrini qozongan.
Shuningdek, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Husan Musaboyev "Televizion miniatyuralar teatri"dagi komedik rollari bilan tomoshabinlar koʻnglidan joy olgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar