date

Mirziyoyev farmoni bilan marhum ijodkorlar mukofotlandi

Mirziyoyev farmoni bilan marhum ijodkorlar mukofotlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Mamlakatimizda madaniyat, san’at va adabiyot sohalarini rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shgan bir guruh marhum ijodkorlarni mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Farmonga muvofiq, quyidagi marhum ijodkorlar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi:

“Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan:

— Abbosov Shuhrat Solihovich — O‘zbekiston xalq artisti, kinorejissyor
— A’zamov G‘ani — O‘zbekiston xalq artisti, aktyor
— Yoqubov Odil — O‘zbekiston xalq yozuvchisi
— Sadriyeva Zaynab — O‘zbekiston xalq artisti, aktrisa
— Umarov Hamza — O‘zbekiston xalq artisti, aktyor
— Yunusov Obidjon — O‘zbekiston xalq artisti, aktyor

“El-yurt hurmati” ordeni bilan:

— Hoshimov O‘tkir — O‘zbekiston xalq yozuvchisi

“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan:

— Zunnunova Saida — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoira va yozuvchi
— Hamidova Manzura — O‘zbekiston xalq artisti, aktrisa
— Hotamov Orifxon — O‘zbekiston xalq hofizi

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan:

— Alixo‘jayev O‘lmas — O‘zbekiston xalq artisti, aktyor
— Boltayeva Ikroma — O‘zbekiston xalq artisti, aktrisa
— Yoqubova Maryam — O‘zbekiston xalq artisti, aktrisa
— Zokirov Jamshid Karimovich — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, aktyor
— Nurmatov Hojiakbar — O‘zbekiston xalq artisti, aktyor
— Otaxonov Ochilxon — O‘zbekiston xalq hofizi
— Rahmatov Dias Nig‘matovich — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, aktyor
— Rizayeva Yulduz — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, aktrisa
— Saidjonov O‘lmas — O‘zbekiston xalq hofizi
— Tojiyev To‘lqin Jo‘rayevich — O‘zbekiston xalq artisti, aktyor

“Do‘stlik” ordeni bilan:

— G‘oipov Davron — estrada xonandasi
— Mamadaliyev Rasulqori — xonanda va sozanda
— Rtveladze Eduard Vasilevich — akademik, arxeolog va san’atshunos olim
— Sa’dullayev Sanjar Lutfullayevich — dublyaj aktyorim

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Mirziyoyev farmoni bilan marhum ijodkorlar mukofotlandi