
O‘zbek estradasining yorqin yulduzi, barcha uchun sevimli xonanda Ozoda Nursaidova so‘nggi paytlarda juda ko‘zga tashlanarli darajada ozgani bilan muxlislarni qiziqtirib qo‘ydi. U “Zamon News”ga bergan eksklyuziv intervyusida bu holat tasodif emasligi va sog‘ligi bilan bog‘liq jiddiy sabablarga ega ekanini ochiqlashtirdi.
“Ozganimning asosiy sababi – parhez”
Xonandaning aytishicha, u bir necha yillardan beri oshqozon yarasi (yazva) bilan bog‘liq muammolardan aziyat chekmoqda. Bu esa san’atkorlar orasida juda keng tarqalgan kasalliklardan biri ekanini ta’kidladi.
“Bir marta operatsiya qildirganman. Lekin, afsuski, yana qayta chiqdi. Shundan keyin vrachlar qat’iy diyetaga o‘tishimni talab qilishdi”, — dedi xonanda.
Ta’kidlashicha, ushbu kasallik bilan kurash jarayonida parhez muhim rol o‘ynamoqda. U qattiq parhezda ekanini, ba’zan ozuqa taqchilligi sabab ba’zi istisnolarga ham yo‘l qo‘yishini bildirdi:
“Ba’zan o‘zimni sog‘lom tutish uchun ilik yog‘ida pishirilgan osh yeyman. Bu mumkin emas, lekin tanaga quvvat bo‘lishi uchun, ilojsiz yeyman”, — dedi u samimiy suhbatda.
Intervyu paytida Ozoda Nursaidova pardozxonada jurnalist bilan suhbatlashar ekan, vazminlik va ochiqko‘ngillik bilan barcha savollarga javob berdi. Suhbat davomida u bir necha bor kulib, ijobiy kayfiyatda ekanini ko‘rsatdi.
Zamin.uz tahririyatidan:
Ozoda Nursaidovaning sog‘lig‘iga jiddiy e’tibor qilayotgani va bu jarayonda ham ijoddan uzilmasdan muxlislarini quvontirayotgani haqiqiy professionallik namunasidir. Biz u zotga sog‘lik, tetiklik va yangi ijodiy zafarlar tilab qolamiz.
Siz Ozoda Nursaidovaning ushbu holati haqida nima deb o‘ylaysiz? Uning ijodini qachondan beri kuzatasiz?
O‘zbek EstradasiOzoda NursaidovaSog‘lik MuammolariParhez DasturiIjodiy ZafarlarMuxlislar QiziqishiTa’sirli SuhbatSan’atkorlar Hayoti O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar