“Miss Jahon – 2025” g‘olibasi taylandlik go‘zal bo‘ldi

1 daqiqa o'qish1.9K
“Miss Jahon – 2025” g‘olibasi taylandlik go‘zal bo‘ldi
“Miss Jahon – 2025” tanlovining final bosqichi Hindistonning Haydarobod shahrida bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi Nova24.uz. Unda 108 nafar qiz ishtirok etdi. Yakunda Tayland vakili Opal Suchata Chuangsri g‘olib deb topildi.

21 yoshli Bangkoklik go‘zal xalqaro munosabatlar yo‘nalishida o‘qimoqda va siyosat hamda xalqaro aloqalar bo‘yicha bakalavr darajasini olmoqda. U Pxuketda mehmonxona biznesini boshqaradi va tay, ingliz, ispan va xitoy tillarini biladi.

Opal shuningdek, inson huquqlarini himoya qilish faoliyati bilan ham shug‘ullanadi. 16 yoshida ko‘krak bezidagi xavfsiz o‘simtani olib tashlash operatsiyasini boshdan kechirgan. Shu tajriba uni Opal For Her nomli loyihani ishga tushirishga ilhomlantirgan. Loyiha ayollar sog‘lig‘i va erta diagnostika haqida xabardorlikni oshirishga qaratilgan.

U go‘zallik sohasidagi faoliyatini 2012 yilda “Miss Rattanakosin” tanlovida boshlagan, ammo sovrindor bo‘lmagan. 2022 va 2024 yillarda “Miss Universe Thailand” tanlovida ishtirok etib, bir nechta maxsus mukofotlar — “Miss Charming Talent”, “Miss Beauty and Confidence” hamda asosiy sovrinni qo‘lga kiritgan.

2024 yilgi “Miss Universe” xalqaro tanlovida uchinchi o‘rinni egallagan, ammo 2025 yilda “Miss Jahon”da g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Ikkinchi o‘rin — Efiopiya vakili Hasset Dreej Admassu, uchinchi o‘rin esa Polsha vakili Maya Klaydaga nasib etdi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?