
2025 yilning kino olamidagi eng kutilmagan rekordlaridan biri — “Lilo va Stich” remeykining ulkan muvaffaqiyati bo‘ldi. Disney kinokompaniyasi tomonidan suratga olingan ushbu loyiha jahon prokatida 950 million dollardan ortiq daromad keltirdi va yilning eng yuqori kassa tushumi qayd etilgan filmiga aylandi.
Mashhur Deadline nashri tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, film jami 957,6 million dollar daromad olgan. Bu natija uni nafaqat Amerikada, balki Fransiya, Italiya, Ispaniya, Braziliya, Meksika va Lotin Amerikasining deyarli barcha davlatlarida 2025 yilning eng ko‘p tomosha qilingan filmi sifatida tanitdi.
Disney'ning ushbu muvaffaqiyati “Minecraft in Cinema” filmining 954,9 million dollarlik natijasini ham ortda qoldirdi. Shu bilan, ikkita gollivud filmi 2025 yilda 900 million dollarlik chegarani bosib o‘tdi.
“Lilo va Stich” remeyki avvalgi versiyadagi syujetga sodiq qolgan holda, Gavayi orollarida singlisi bilan yashaydigan qiz va u tasodifan uchratib qolgan ajib maxluq — Stich haqida hikoya qiladi. 2002 yilgi original multfilmning sevimli qahramonlari bugun yangi avlod uchun qayta jonlantirildi.
Jonli formatda suratga olingan filmda Stich obrazini aslida Kris Sanders jonlantirgan. Yangi Liloni Maya Kealoha ijro etgan bo‘lsa, uning opasi Nanini Sidney Elizabet Agudong tasvirlagan. Agudong avval Netflix'da namoyosh etilgan “Mening mahallamda” serialida ham ishtirok etgan.
Shuningdek, Zak Galifianakis, Billi Magnussen va Hanna Uoddingem kabi mashhur aktyorlar ham filmda turli obrazlarni jonlantirgan.
Filmning yuqori tijoriy muvaffaqiyati Disney studiyasini ikkinchi qism ustida ish boshlashga undagan va kompaniya rasman “Lilo va Stich 2” filmini ishlab chiqishni boshlaganini tasdiqladi. Loyiha hozircha dastlabki bosqichda bo‘lib, kasting va ijodiy jamoa haqida hech qanday ma’lumot berilmagan.
Shu tariqa, bolalikdagi sevimli multfilm bugungi kunning blokbasteriga aylandi va yangi tarix yaratishda davom etmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar