date

Uzoq yillik muhabbat ham abadiy emas: yulduzlar ajrim yo‘lini tanladi

Uzoq yillik muhabbat ham abadiy emas: yulduzlar ajrim yo‘lini tanladi
Ommaviy axborot vositalarida ideal oila sifatida namoyon bo‘lgan mashhur juftliklarning hayoti aslida ko‘p hollarda murakkab va qarama-qarshi bo‘ladi. Uzoq yillik sevgi va barqaror turmushga qaramay, ba’zi mashhurlar ham ajrim yo‘lini tanlashga majbur bo‘lishadi. Bu qarorlar ortida shaxsiy muammolar, ichki ziddiyatlar, yangi bosqichga intilish yoki o‘z-o‘zini topishga bo‘lgan ehtiyoj yotadi.

Keti Perri va Orlando Blum — 9 yillik munosabat

Ular 2016-yilda “Oltin globus” marosimida tanishgan. Oradan ko‘p o‘tmay, iliq munosabatlar boshlanib, Keti Orlando bilan uning o‘g‘li Flinn orqali tanishadi. Juftlik 2017-yilda qisqa muddat ajrashgan, biroq 2018-yilda yana yarashgan. 2019-yil 14-fevralda unashtirilgan, ammo pandemiya tufayli rejalashtirilgan to‘y bekor qilingan. 2020-yil qizi Deyzi tug‘ilgan.

2025-yilda ular orasidagi sovuqlik kuchaya boshlagan. Keti Perri “143” nomli albomini chiqaradi, ammo bu ish salbiy baholanadi. Orlandoning befarqligi va bu holatga e’tiborsiz munosabati Ketining ranjishiga sabab bo‘lgan. Ketining kosmik parvozi ham kelishmovchilikka sabab bo‘lgan: u bu safarni shaxsiy yutuq deb bilgan, Orlando esa buni keraksiz deb hisoblagan.

Hugh Jackman va Deborra-Lee Furness — 27 yillik turmush

1995-yilda Avstraliyada “Corelli” seriali suratga olinayotganida tanishishgan. To‘rt oy ichida turmush qurishga qaror qilishgan. 1996-yilda nikohdan o‘tishgan, 2000-yilda Oskar, 2005-yilda Ava ismli ikki farzandni asrab olishgan. 2023-yil sentabrda, 27 yillik birga yashashdan so‘ng, ular ajrashish qarorini e’lon qilishdi. Rasmiy sabab – “shaxsiy rivojlanish istagi”.

Reese Witherspoon va Jim Toth — 11 yillik nikoh

Riz, Rayan Filipp bilan ajrashgach, ikki farzandi bilan qolgan. Yolg‘iz ona sifatidagi hayoti unga bosim bergan. Keyinchalik agent Jim Toth bilan uchrashadi, u Rizga turmush qurishni taklif qiladi. 2012-yilda ularning o‘g‘li Tennessi tug‘ilgan. Jim Rizning oldingi nikohidan bo‘lgan farzandlar tarbiyasida ham faol ishtirok etgan.

2023-yil mart oyida ular ajrashish qarorini e’lon qilishdi. Sabab sifatida “kelishib bo‘lmaydigan ziddiyatlar” ko‘rsatilgan. Ayni vaqtda ular farzandlari uchun do‘stona munosabatni saqlashmoqda.

Jessica Simpson va Eric Johnson — 11 yillik turmush

2010-yilda tanishishgan, olti oy ichida unashtirilishgan. 2014-yilda to‘y qilishgan. Ularning oilasida uch nafar farzand tug‘ilgan. 2025-yil boshida ajrashganliklari rasman e’lon qilindi. Jessicaning aytishicha, sovuqlik va befarqlik bu qarorga olib kelgan. Uning ijodida Erikka nisbatan ishonchsizlik va xiyonat mavzulari paydo bo‘ldi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Uzoq yillik muhabbat ham abadiy emas: yulduzlar ajrim yo‘lini tanladi