date

Plastik operatsiyadan afsuslangan mashhurlar

Plastik operatsiyadan afsuslangan mashhurlar
Har qanday go‘zallik qurbon talab qiladi, deyishadi. Biroq ayrim mashhurlar uchun go‘zallik yo‘lidagi harakatlar oxir-oqibatda afsus va iztirob bilan yakunlangan. Bugungi maqolada plastik operatsiyaga qo‘l urgandan keyin afsuslangan va o‘zining tabiiy qiyofasini qaytarishga harakat qilgan Gollivud yulduzlari haqida so‘z boradi, deb zamin.uz xabar berdi.

. Ko‘plab mashhur shaxslar kamida bir marta plastik operatsiya qildirgan. Ulardan ba'zilari bu haqida ochiq gapiradi, ba'zilari esa bunday sinovni yashirishga harakat qiladi. Lekin ayrimlari uchun bu o‘zgarishlar nafaqat tashqi ko‘rinishni, balki butun hayotini ham o‘zgartirgan.

. “Do‘stlar” serialining yulduzi Kortni Koks o‘tmishda go‘zallik uchun haddan ziyod in'yeksiya qildirganini tan oldi. Uning aytishicha, u o‘z yuzini tabiiy emasligini ilgari tushunmagan, faqat bir kuni ko‘zguga qarab, o‘zini tanimay qolgan.

. Muxlislar uni tanimay qolganini yozgan, rejissyorlar esa yangi rollar taklif qilishni to‘xtatgan. Kortni o‘zining go‘zallik uchun qilgan xatolarini anglab yetib, yuzidagi fillerni oldirgan va tabiiy qiyofasini tiklagan. Hozirda u faqat krem va niqoblar bilan parvarish qiladi.

. Ariana Grande ham bir paytlar lablariga ko‘p miqdorda filler va botoks qo‘ydirganini ma'lum qildi. U hatto yolg‘on aniqlovchi qurilma — poligrafdan ham o‘tgan. Inyeksiyalar natijasida uning yuzi harakatsiz bo‘lib qolgan va bu unga yoqmagan. Endi u tabiiy go‘zallikni qadrlashini aytmoqda.

. Shunga qaramay, u kelajakda yana bunday amaliyotlarga qaytishi mumkinligini inkor etmadi. Uning muxlislari esa uning go‘zalligini hali ham shubha ostida qo‘yadi, chunki Ariana 32 yoshida ham o‘smirga o‘xshab ko‘rinadi.

. Bella Hadid — dunyodagi eng chiroyli ayollardan biri. U ham bir vaqtlar hech qanday operatsiya qilmaganini aytib yurgan. Biroq Vogue'ga bergan intervyusida 14 yoshida burnini kichraytirish uchun rinoplastika qildirganini tan oldi.

. Bellaning so‘zlariga ko‘ra, u yoshligidan o‘z qiyofasi tufayli kompleksga tushgan va onasi unga operatsiya qilishga rozilik bergan. Ammo bu qarordan u endi afsusda. U o‘zining asl, meros qolgan qiyofasini saqlashni xohlayotganini ta’kidladi.

. Bella boshqa plastik operatsiyalar yoki fillar haqidagi mish-mishlarni rad etdi. U yuzi va lablarini buzishdan qo‘rqishini, tabiiy qiyofasiga sodiq qolishini aytdi.

. Ushbu yulduzlarning ta’rifi shuni ko‘rsatadiki, go‘zallik sari bo‘lgan urinshlar doimo yaxshi tugamasligi mumkin. Tabiiylik, o‘ziga bo‘lgan ishonch va ruhiy salomatlik — bugungi kunda yanada qadrli bo‘lib bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Plastik operatsiyadan afsuslangan mashhurlar