date

"Hukmdor Usmon" serialida katta o‘zgarish: Burak O‘zchivit loyihani tark etdi

"Hukmdor Usmon" serialida katta o‘zgarish: Burak O‘zchivit loyihani tark etdi
Turkiyaning eng mashhur va ommalashgan tarixiy seriallaridan biri — “Hukmdor Usmon”da (Kuruluş: Osman) katta o‘zgarishlar yuz bermoqda. Bir necha yil davomida bosh qahramon Usmon G‘oziyni muvaffaqiyatli ijro etgan Burak O‘zchivit serialni tark etdi. Bu haqda taniqli turk jurnalisti Birsen Altuntash ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, serialning 7-mavsumi 2025-yil kuzida namoyish etilishi va unda Usmon G‘oziyning hukmronlik davrining yakuniy voqealari ko‘rsatilishi kerak edi. Biroq, bosh rol ijrochisi va prodyuserlar o‘rtasidagi moliyaviy kelishmovchiliklar sababli loyiha ssenariysi va voqealar rivoji o‘zgardi.

Yakuniy mavsumda avvalo keksaygan Usmon bey ko‘rinadi, so‘ng esa hikoya ohangi Usmonning o‘g‘li — Orxon G‘oziyning hukmronlik davriga o‘tadi. Bosh qahramonning rafiqasi — Bala xotun obrazini ijro etuvchi Ozge Torer serialda qoladi. U 2019-yildan beri loyiha tarkibida bo‘lib, asosiy juftlik sifatida tanilgan.

Qizig‘i shundaki, avvalgi mavsumlarda yosh Orxon rolini ijro etgan Emre Bey ham serialdan ketgan. Hozirda ushbu rol uchun bir nechta mashhur turk aktyorlari — Mert Yazichio‘g‘lu, Murat Yunalmish, Ibrohim Chelikkol kabi nomzodlar ko‘rib chiqilmoqda. Shuningdek, keksaygan Usmon obrazini kim ijro etishi hali noma’lum, ammo bu rolga tajribali aktyor jalb qilinishi kutilmoqda.

Bu o‘zgarishlar serial muxlislari orasida katta muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Yangi mavsumda qanday yangiliklar bo‘lishi ko‘pchilikni qiziqtirmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » "Hukmdor Usmon" serialida katta o‘zgarish: Burak O‘zchivit loyihani tark etdi