date

“Yona yona” klipi Kanizaning yangi bosqichi bo‘ladi

“Yona yona” klipi Kanizaning yangi bosqichi bo‘ladi

Mashhur va betakror ovoz sohibi Kaniza o‘zining ijodiy faoliyatida yana bir qadam tashlab, muxlislarini yangi syurpriz bilan xursand qilmoqda. U o‘zining Instagram sahifasida “Yona yona” deb nomlangan yangi qo‘shig‘i uchun suratga olinayotgan klip jarayonidan lavhalar bilan bo‘lishdi.

Klipning namoyishi yaqin kunlarda premera qilinadi, deb kutilmoqda. Qayd etish joiz, bu — Kanizaning nafaqat navbatdagi musiqiy loyihasi, balki uning obraz va sahnaviy uslubidagi yangi bosqichi hamdir. Xonanda har doimgidek o‘zining epotaj, erkin va kreativ obrazi orqali yana bir bor diqqat markaziga tushdi.

Klipdan olingan videolavhalarda Kanizaning g‘aroyib, zamonaviy va noan’anaviy uslubdagi liboslari, og‘ir raqs xoreografiyalari va emotsiyaga boy sahnalar ko‘zga tashlanadi. Muxlislar uning klip uslubini xorijiy shou-biznesga yaqin deb baholashdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » “Yona yona” klipi Kanizaning yangi bosqichi bo‘ladi