Katrina Kaif (tug‘ilgan nomi Katrina Turkott) 1983 yil 16 iyulda dunyoga kelgan. Britaniyalik aktisa va model bo‘lgan u, hind tilidagi filmlardagi chiqishlari orqali jahonga tanildi. Hozirgi kunda u Hindistondagi eng ko‘p haq to‘lanadigan aktrisalardan biri hisoblanadi.
Kaif katta muvaffaqiyatlarga erishgan, to‘rt marotaba Filmfare mukofotiga nomzod bo‘lgan. Britaniyaning Gonkong shahrida tug‘ilgan u, keyinchalik Londonga ko‘chib o‘tgunga qadar bir nechta mamlakatlarda yashagan. O'smirlik chog‘ida modellik faoliyatini boshlab,muvaffaqiyatlarga erishgan.
Kaifning kinodagi ilk chiqishi 2003 yildagi “Boom” filmida bo‘ldi. Garchi bu film tijoriy jihatdan omadsiz chiqqan bo‘lsa-da, u uchun katta yo‘l ochdi. Keyinchalik Telugu tilidagi “Malliswari” filmida suratga tushganidan so‘ng, Bollivuddagi “Meyn Pyaar Kyun Kiya” filmi orqali katta shon-shuhrat qozondi.
Keyingi yillarda u qator xitlari bilan nom qozondi, biroq ayrim tanqidchilar uning takroriy rollar va ko‘pincha erkaklar hukmronlik qiladigan filmlarda ishtirok etishini tilga olgan. Shunga qaramay, Katrina Kaif Bollivudning eng yorqin yulduzlaridan biri sifatida e’tirof etiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!