date

Kajol – ona, aktrisa va sadoqatli turmush o‘rtoq

Kajol – ona, aktrisa va sadoqatli turmush o‘rtoq

Kajol 1994 yilda “Gundaraj” filmini suratga olish jarayonida aktyor Ajay Devgan bilan tanishib, munosabat boshlagan. Matbuot ularni turli xil xarakterga ega “noodatiy juftlik” deb atagan. Devgan esa munosabatlari haqida “Bizda hech qachon rasmiy sevgi ifoda yoki taklif bo‘lmagan. Biz birga o‘sganmiz, to‘y haqida ochiq gapirilmagan, ammo u doimo ayon edi”, degan.

Ikki mashhur 1999 yil 24 fevralda Devganning uyida an’anaviy maxarashtra uslubida to‘y qilishdi. Bu nikoh matbuot diqqat markazida bo‘lib, ayrim jurnalistlar Kadjolning karyera cho‘qqisida turmush qurishini tanqid qilishgan. Ammo u filmlardan ketmasligini, faqat ish miqdorini qisqartirishini aytgan.

Turmushdan keyin Kadjol Juhudagi Devganlarning xonadonida yashay boshladi. Ularni bir necha bor ajralish haqidagi mish-mishlar quvib kelgan, ammo Kajol buni asossiz gaplar deb rad etgan. U 2003 yilda qiz farzand – Nisani, 2010 yilda esa o‘g‘il – Yugni dunyoga keltirdi. Onalikni “ajoyib” deb ta’riflagan Kajol farzandlari undagi eng yaxshi jihatlarni ochganini ta’kidlagan. 2015 yildan boshlab u rasman Kajol Devgan nomi bilan taniladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Kajol – ona, aktrisa va sadoqatli turmush o‘rtoq