date

Kanye Uest haqidagi hujjatli filmning ilk tizeri chiqdi

Kanye Uest haqidagi hujjatli filmning ilk tizeri chiqdi

Reper Kanye Uestning hayoti va karerasi haqida suratga olingan yangi hujjatli film “Kimning nomi bilan?” ilk tizerini namoyish etdi. Ushbu loyiha Nikolas Ballesteros tomonidan boshqarildi va u olti yil davomida Kanye Uestning kundalik hayotini, ish faoliyatini va shaxsiy kurashlarini kuniga 15 soat iPhone orqali qayd etgan.

Nikolas o‘n sakkiz yoshida loyiha ustida ishlashni boshlagan va natijada 3 ming soatga yaqin noyob material yig‘ilgan. Hujjatli film AMSI Entertainment tomonidan tayyorlangan bo‘lib, 19-sentyabr kuni AMC, Regal va Cinemark kinoteatrlar tarmog‘ida namoyish etiladi.

Film materiallarida aytilishicha, Kanye bipolyar buzilish, omadsiz nikoh, homiylarning yo‘qligi va jamoatchilikning o‘sib borayotgan salbiy munosabatiga qaramay, milliard dollarlik brendini yaratgan va shu bilan birga ziddiyatli shaxsiyat sifatida yashashni davom ettirgan.

Byudjeti 1 milliard dollarni tashkil qilgan film, Kanye Uestning qanday qilib Amerika tarixidagi eng boy qora tanli shaxsga aylanganini, uning mehnati, qarorlar va shaxsiy kurashlarini batafsil ochib beradi.

Tizer va film tomoshabinlarga nafaqat reperning mashhurligini, balki insoniy zaifliklarini ham ko‘rsatib, Kanye Uestni yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Ushbu loyiha san’atsevarlar va musiqasevarlar uchun katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Kanye Uest haqidagi hujjatli filmning ilk tizeri chiqdi