date

Aktyor Di Kaprio rad etgan rolini eslab afsuslandi

Aktyor Di Kaprio rad etgan rolini eslab afsuslandi

Gollivud yulduzi Leonardo Di Kaprio yaqinda bergan intervyusida o‘zining ijodiy karyerasidagi eng katta afsuslardan birini oshkor qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mashhur rejissyor Pol Tomas Andersonning 1997 yilda suratga olingan “Bugi kechalari” (“Boogie Nights”) filmida bosh rolni qabul qilmagani unga og‘ir tajriba bo‘lgan.

Di Kaprio Esquire jurnaliga bergan suhbatida:

“Eng afsuslanarli qarorim — “Bugi kechalari”da bosh rolda ishtirok etmaganim. Bu mening avlodim uchun muhim film edi. Shaxsan men unda Mark Uolbergdan boshqa aktyorni tasavvur qila olmayman. Ammo filmni ko‘rganimda, uni haqiqiy durdona, deb o‘yladim”, — degan.

Shu bilan birga, Di Kaprio rejissyor Anderson bilan hamkorlik qilish imkoniyatiga ega bo‘lganidan mamnunligini ta’kidladi. U bosh rolda o‘ynagan Andersonning yangi filmi “Birinchi jang” 2025 yil sentyabrda katta ekranlarda namoyish etiladi.

Yangi filmda Di Kaprio inqilobchilar guruhiga qo‘shilgan zohid obrazini uynaydi. Ordan 16 yil o‘tgach, uni o‘tmish arvohlari va qizini qutqarish uchun kurash kutmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Aktyor Di Kaprio rad etgan rolini eslab afsuslandi