date

Ozodbek Nazarbekov videodagi chiqishi reklama emasligiga rasmiy izoh berdi

Ozodbek Nazarbekov videodagi chiqishi reklama emasligiga rasmiy izoh berdi

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning Kokand Universiteti xususiy ta’lim muassasasiga oid videorolikdagi chiqishiga rasmiy izoh berildi.

Vazirlikning ma’lum qilishicha, Nazarbekov va mazkur universitet o‘rtasida hech qanday reklama yoki xizmat ko‘rsatishga oid shartnoma mavjud emas. Ya’ni, bu chiqish rasmiy reklama sifatida emas, ijtimoiy-ma’rifiy yo‘nalishdagi axborot sifatida baholanadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yil 17-aprel kuni Ozodbek Nazarbekov Andijonda universitet talabalari bilan uchrashuv o‘tkazgan. Talabalarning so‘rovi asosida vazir yoshlarga ushbu universitetda ta’lim olish imkoniyati haqida o‘z fikrlarini bildirgan.

Vazir abituriyentlarga “ushbu imkoniyatdan foydalanib, ta’lim olishni” tavsiya qilgan. Bu chiqish daromad maqsadida qilinmagani, balki ilmiy-ma’rifiy targ‘ibot asosida amalga oshirilgani qayd etilmoqda.

Madaniyat vazirligi bu holatda “Reklama to‘g‘risida”gi qonun talablari qo‘llanilmasligini, chunki hech qanday tijoratiy shartnoma mavjud emasligini yana bir bor ta’kidladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Ozodbek Nazarbekov videodagi chiqishi reklama emasligiga rasmiy izoh berdi