date

San’atda iste’dod avloddan avlodga: o‘zbek mediasidagi mashhur qarindoshlar

San’atda iste’dod avloddan avlodga: o‘zbek mediasidagi mashhur qarindoshlar

Iste’dod irsiymi? Bu savol ko‘p hollarda san’atkor oilalarga qarab beriladigan eng to‘g‘ri savol bo‘lsa kerak. O‘zbekiston san’at olamida bir-biriga qarindosh bo‘lgan mashhur shaxslar ko‘plab uchraydi. Ulardan ayrimlari sahnada, boshqalari esa kamera ortida tomoshabinni hayratda qoldirishda davom etmoqda.

Zokirovlar sulolasi: Javohir va Ohista

O‘zbekiston xalq artistlari Gavhar Zokirova va Jamshid Zokirov nafaqat o‘z davrining mashhur aktyor va aktrisalaridan bo‘lgan, balki mustahkam ijodiy meros ham qoldirgan. Ularning farzandlari — Javohir Zokirov aktyor, xonanda va ilk pop-rok yo‘nalishidagi guruh asoschilaridan biri. Singlisi Ohista Jamshid esa dizayner va musiqachi sifatida tanilgan. “DalaHast” guruhi asoschisi bo‘lgan Ohista ijodida ruhiy sokinlik va his-tuyg‘ular chuqur aks etgan.

Sevara Nazarxon va Qunduzxon Abdullayeva: sahnada va efirda

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, taniqli xonanda Sevara Nazarxon hamda “Sevimli” telekanali boshlovchisi Qunduzxon Abdullayeva — xolavachchalar. Ulardan biri musiqiy sahnani zabt etgan bo‘lsa, boshqasi televideniye orqali minglab tomoshabinlarning qalbidan joy olgan.

Alisher Fayz va Xurshid Turdiyev: aka-uka san’atkorlar

Yana bir iste’dodli juftlik — Alisher Fayz va uning ukasi Xurshid Turdiyev. Alisher Fayz o‘zining samimiy taronalari bilan mashhur bo‘lsa, ukasi ham akasidan qolishmaydi: turli madaniy tadbirlarda faol ishtirok etadi, xonandalik borasida mustaqil yo‘l tanlagan.

Ra’no Shodiyeva va Raxshona Mahmudova: ona-qiz ijodi

O‘zbek sahnasining zabardast aktrisasi, xizmat ko‘rsatgan artist Ra’no Shodiyeva — o‘zining ko‘plab obrazlari orqali tomoshabinning qalbidan chuqur o‘rin olgan. Uning qizi Raxshona Mahmudova esa san’at va media sohasini birlashtirgan ijodkor. U “O‘tov” va “Novda” filmlaridagi rollari bilan tanilgan, hozirda esa YouTube’da “Oshxona Talk” loyihasini olib bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » San’atda iste’dod avloddan avlodga: o‘zbek mediasidagi mashhur qarindoshlar