O‘zjan Deniz uyida akasi qurol bilan paydo bo‘ldi

1 daqiqa o'qish3.1K
O‘zjan Deniz uyida akasi qurol bilan paydo bo‘ldi

Turkiyalik mashhur aktyor va xonanda O‘zjan Deniz yana bir bor ommaning diqqat markaziga tushdi. Bu safar sabab – oilaviy va moliyaviy mojaro. Haber Global nashri xabar berishicha, aktyorning akasi Erjan Deniz ukasining uyiga qurol bilan kelib, moliyaviy kelishmovchiliklar sabab uni o‘ldirish bilan tahdid qilgan. Voqea Istanbulning Zekeriyako‘y tumanida sodir bo‘lgan.

Erjan Deniz uyga kirib, O‘zjanga shunday degan: “Agar mendan o‘g‘irlaganingni qaytarmasang, seni ham, o‘zimni ham o‘ldiraman”. Bu gaplar oilaviy ziddiyatning qanchalik keskin ekanini ko‘rsatadi.

Masala ildizi 22 yillik biznes sherikligiga borib taqaladi. Ularning moliyaviy kelishmovchiliklari sud darajasigacha yetgan. Bir necha yil oldin O‘zjan akasi qarzlari uchun kafil bo‘lgan, ammo biznesda katta zarar ko‘rilganidan so‘ng bank hisoblari musodara qilingan. Shu sababli Erjan ukasini 150 million lira (3 million 650 ming AQSH dollari)ga teng mablag‘ni o‘zlashtirishda ayblab kelgan.

Oilaviy mojaro ijtimoiy tarmoqlarda ham keng yoritildi. Ularining onasi Qadriya Deniz moliyaviy muammolar tufayli aka-ukalik rishtalari uzilganini aytgan. O‘zjan esa oilasi unga nisbatan qullarga xos munosabat ko‘rsatganini ta’kidlab, keskin javob qaytargan. Shuningdek, aktyor 2008 yilda uqaga qarshi qilingan qurolli hujum ortida ham akasi turganini bildirgan.

So‘nggi voqealardan keyin taraflar vakillari orqali muzokara qilib, kelishuvga erishishdi. Natijada bir necha villa va boshqa ko‘chmas mulk Erjan nomiga o‘tkazildi. Bu hodisa muxlislar orasida katta e’tibor uyg‘otdi va oilaviy mojaro hamda moliyaviy ziddiyatlar haqidagi muhokamalarni yanada kengaytirdi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?