«Endi hayotimda televideniye bo‘lmaydi»: O‘zjan Deniz seriallardan ketmoqda

Turkiyalik taniqli aktyor, xonanda va rejissyor O‘zjan Deniz endi teleseriallarda suratga tushmasligini ma’lum qildi.
San’atkor bu haqda 63-Antaliya xalqaro «Oltin apelsin» kinofestivalida o‘zining yangi «Son Yemek» filmi namoyishidan keyin jurnalistlar va tomoshabinlar bilan suhbatda aytgan.
Deniz televideniye sohasida istalgan mazmundagi loyihalarni yaratish tobora qiyinlashib borayotganini ta’kidlagan. Uning fikricha, kino televideniyega nisbatan ijodiy erkinlik uchun kengroq imkoniyat beradi.
«Hayotimdan televideniyeni butunlay chiqarib tashladim, desam ham bo‘ladi. U yerda vaziyat shunday murakkablashdiki, istalgan mazmundagi kontentni yaratish qiyin bo‘lib qoldi. Kino esa erkinroq maydon», — degan aktyor.
O‘zjan Denizning so‘nggi televideniye loyihasi «Qizil g‘unchalar» («Kızıl Goncalar») seriali bo‘lgan. Unda aktyor bosh rollardan birini ijro etgan. Endilikda esa san’atkor kino ijodiga e’tibor qaratishi kutilmoqda.
Uning rejissyorligida suratga olingan va o‘zi ham bosh rolni ijro etgan «Son Yemek» filmi 63-Antaliya xalqaro «Oltin apelsin» kinofestivalida namoyish etildi.






























Izohlar 0
…