Deniz Baysal ajrashish uchun sudga murojaat qildi

Deniz Baysal ajrashish uchun sudga murojaat qildi

Turkiyaning taniqli aktrisasi Deniz Baysalning turmush o‘rtog‘i, musiqachi Barish Yurtchu bilan ajrashayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Ma’lum qilinishicha, juftlik qariyb 7 yillik oilaviy hayotdan so‘ng munosabatlariga nuqta qo‘yishga qaror qilgan.

Bu haqda Haberler nashri xabar berdi.

Tomoshabinlarga «Bu Deniz Taşacak» serialidagi Esme obrazi orqali yaxshi tanish bo‘lgan aktrisa 2019 yilda Barish Yurtchu bilan oila qurgan edi.

Tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, Deniz Baysal Istanbul sudiga nikohni bekor qilish bo‘yicha da’vo arizasini taqdim etgan. Ayrim manbalarda esa Barish Yurtchu ushbu qarorga rozi emasligi aytilmoqda.

Xabarlarga ko‘ra, aktrisa ajrashish sabablaridan biri sifatida o‘zaro qarashlardagi kelishmovchiliklar hamda turmush o‘rtog‘i tomonidan yetarlicha e’tibor ko‘rsatilmaganini bildirgan.

Hozircha Deniz Baysal ham, Barish Yurtchu ham ushbu xabarlar yuzasidan rasmiy va batafsil bayonot bermagan. Shu bois ajrashuv jarayoni bo‘yicha yakuniy tafsilotlar hozircha noma’lumligicha qolmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar