date

Eng qimmat turk yulduzlari: serialdan qancha topishadi?

Eng qimmat turk yulduzlari: serialdan qancha topishadi?

Turk seriallari nafaqat mamlakat ichida, balki dunyo bo‘ylab katta auditoriyaga ega. Shuning uchun yetakchi aktyor va aktrisalarning gonorari ham rekord darajada yuqori. Quyida hozirgi kunda bir seriya uchun eng ko‘p haq oladigan yulduzlar ro‘yxati bilan tanishing.

1. Can Yaman

Italiya va Lotin Amerikasida ham mashhurlikka erishgan Can Yaman serial va reklama loyihalarida ulkan talabga ega. Uning bir seriya uchun gonorari taxminan 5 million lira (~150 ming yevro).

2. Çağatay Ulusoy

Netflix va boshqa yirik platformalardagi rollari bilan nom qozongan Çağatay Ulusoyning haqi 3,5 million lira (~105 ming yevro). Uning xarizmasi va xalqaro mashhurligi seriallarning eksport qiymatini oshiradi.

3. Kıvanç Tatlıtuğ

Turk ekranlarining klassik superstari Kıvanç har doim yuqori budjetli loyihalarda qatnashadi. Bir seriya uchun oladigan maoshi — 3 million lira (~90 ming yevro).

4. Serenay Sarıkaya

Serenayning ijodiy qirralari va reklamadagi muvaffaqiyatlari uni serial prodyuserlari uchun qimmat qiladi. Uning gonorari — 2,5 million lira (~75 ming yevro).

5. Demet Özdemir

Komediyadan tortib dramatik rollargacha ko‘p qirrali mahorati bilan mashhur bo‘lgan Demet hozirgi kunda bir seriya uchun 2 million lira (~60 ming yevro) oladi. Shu bilan birga reklama va brend hamkorliklari orqali qo‘shimcha katta daromad ham topadi.

6. Hande Erçel

Турк сериалларининг энг машҳур юлдузларидан бири саналадиган Hande Erçel ҳозирги кунда бир серия учун тахминан 2 миллион лира (~65 минг евро) олади. Шунингдек, у реклама кампаниялари ва бренд ҳамкорликлари орқали қўшимча катта даромад топади.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Eng qimmat turk yulduzlari: serialdan qancha topishadi?