date

Italiyalik kino afsonasi Klaudiya Kardinale vafot etdi

Italiyalik kino afsonasi Klaudiya Kardinale vafot etdi
Jahon kinematografiyasida o‘chmas iz qoldirgan italiyalik taniqli aktrisa Klaudiya Kardinale 87 yoshida vafot etdi. Uning o‘limi haqida rasmiy ma’lumot Italyan matbuoti va kino jamoatchiligi orqali e’lon qilindi.

Kardinale kino olamidagi faoliyati davomida 120 dan ziyod film va seriallarda suratga tushgan. Uning aktrisalik mahoratlari nafaqat Italiya, balki butun Yevropa va Gollivudda ham yuqori baholangan. Kardinale o‘z faoliyati davomida Lukino Viskonti, Federiko Fellini, Serdjo Leone kabi taniqli rejissyorlar bilan hamkorlik qilgan.

U Marchello Mastroyani, Alen Delon, Marlon Brando, Genri Fonda, Bert Lankaster, Jeremi Ayrons kabi kino yulduzlari bilan birgalikda filmlarda qatnashgan. Aktrisaning eng mashhur rollaridan biri «Il Gattopardo» (Bobodod) filmdagi Andjela rolidir, bu film unga butunjahon shon-shuhrat olib kelgan.

Klaudiya Kardinale 1993 yili Venetsiya kinofestivalida «Oltin sher» mukofotiga sazovor bo‘lgan. Bu mukofot uning kinematografiya sohasiga qo‘shgan beqiyos hissasi uchun berilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Italiyalik kino afsonasi Klaudiya Kardinale vafot etdi