«Avatar 3» katta treyleri namoyish etildi (video)

1 daqiqa o'qish5K
«Avatar 3» katta treyleri namoyish etildi (video)

Kutilgan xabar – Disney studiyasi mashhur franshiza navbatdagi qismi «Avatar: Olov va kul» filmining yirik treylerini taqdim etdi. Jahon kino industriyasining eng yirik loyihalaridan biri hisoblangan bu film Jeyms Kemeronning sevimli olamni yanada kengroq ochib berishi bilan tomoshabinlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Syujet jihatidan yangi qism «Avatar: Suv yo‘li»ning to‘g‘ridan to‘g‘ri davomi bo‘lib, Pandoradagi tamoman yangi qavm – olovli navi xalqini namoyish qiladi. Ular avvalgidek do‘stona emas, balki mutlaqo boshqacha xarakterga ega jamiyat sifatida aks etadi. Mazkur xalqning yetakchisi rolini ispan aktrisasi Una Chaplin ijro etadi. U tomoshabinlarga «Tabu» seriali va «Uzoq yo‘l» filmi orqali yaxshi tanish.

Filmda Pandoraning hali ko‘rsatilmagan hududlari, yangi qahramonlar hamda avvalgi qismlarda tilga olinmagan voqealar ochiladi. Shu bilan birga, birinchi va ikkinchi qismda ishtirok etgan Sem Uortington, Zoi Saldana va Sigurni Uiver o‘z rollariga qaytadi. Tomoshabinlar, shuningdek, Keyt Uinslet, Jovanni Ribizi, Devid Tyulis va Stiven Leng ishtirokini ham kutishlari mumkin.

«Avatar» franshizasi o‘z tarixida dunyo kino sanoatida eng katta daromad keltirgan loyihalardan biri bo‘lib qolmoqda. Ilk film 2009 yilda namoyish etilgan va rekord darajada kassa natijasi qayd etgan. Uning davomchisi «Avatar: Suv yo‘li» esa 2022 yilda ekranga chiqib, milliardlab dollar daromad bilan franshizaning nufuzini yanada mustahkamladi.

Eng qiziq jihati – uchinchi qism franshizadagi eng uzun film bo‘lishi kutilmoqda. Rejissyor Jeyms Kemeronning ta’kidlashicha, filmning davomiyligi 3 soat 12 daqiqani tashkil qiladi. U bu vaqt davomida tomoshabinlar nafaqat Pandoraning betakror manzaralarini, balki yanada murakkab va serqirra voqealarni ham tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘lishini ta’kidladi.

«Avatar: Olov va kul»ning xalqaro prokati 2025 yil 19 dekabrda boshlanishi rejalashtirilgan. Shu bois film atrofidagi qiziqish tobora ortayotgani va uning yana rekord yangilashi kutilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?