date

Jim Kerri “Sezar” mukofoti bilan taqdirlanadi

Jim Kerri “Sezar” mukofoti bilan taqdirlanadi
Amerikalik aktyor Jim Kerri “Sezar” faxriy mukofotiga sazovor bo‘ladi, deb Deadline xabar berdi. Mukofot topshirish marosimi 2026 yil 17 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

“Trumen shousi” va “Niqob” kabi mashhur filmlarda ishtirok etgan Kerri mukofotni Parijdagi “Olimpiya” teatri sahnasida qabul qiladi. U Fransiya kino san’ati va texnologiyalari akademiyasi tomonidan kinoga qo‘shgan ulkan hissasi uchun e’tirof etilmoqda.

Muassasa ma’lumot berishicha, Kerrining ekrandagi va undan tashqarisidagi faoliyati tomoshabinlarga kinematografiya faqat ko‘ngilochar emas, balki ta’sirli, ma’naviy va ilhombaxsh bo‘lishi mumkinligini eslatadi.

Shuningdek, uning ijodiy yo‘li “san’at chegaralarini doimiy ravishda kengaytirishga bo‘lgan jasoratni namoyon etadi” va “mahorat faqat bir turdagi san’at bilan chegaralanmasligi kerakligini” eslatishi qayd etilgan.

Bundan avval “Sezar” faxriy mukofoti Juliya Roberts, Kristofer Nolan, Devid Fincher, Keyt Blanshett, Robert Redford va Jorj Kluni kabi yulduzlarga ham topshirilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Jim Kerri “Sezar” mukofoti bilan taqdirlanadi