date

Leonardo Di Kaprio tan oldi: “Titanik”ni hech qachon ko‘rmaganman

Leonardo Di Kaprio tan oldi: “Titanik”ni hech qachon ko‘rmaganman

Amerikalik mashhur aktyor Leonardo Di Kaprio Jennifer Lourens olib boradigan “Actors on Actors” shousida ishtirok etib, kutilmagan iqror qildi. Aktyor o‘zi rol ijro etgan filmlarni, jumladan, afsonaviy “Titanik” kartinasini ham hech qachon tomosha qilmaganini aytdi.

Suhbat davomida Jennifer Lourens Di Kapriodan kelajakda qaysi rejissyorlar bilan ishlashni istashini so‘radi. Aktyor yaqinda Pol Tomas Anderson bilan suratga tushganini va u bilan uzoq muddatli hamkorlik qilishga umid qilganini ta’kidladi. Shu bilan birga, Di Kaprio o‘z vaqtida Andersonning mashhur “Boogie Nights” filmida rol o‘ynashdan voz kechganini ham eslab o‘tdi. Bunga sabab sifatida u film suratga olish jarayoni “Titanik” bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelganini aytdi.

Aktyorning so‘zlariga ko‘ra, u hozir boshqa aniq “orzu rejissyorlar”ni ajratib ko‘rsatmaydi. “Bugun iste’dodli rejissyorlar juda ko‘p. Damien Shazell juda kuchli, Maykl Mann esa doimo a’lo darajada ishlaydi”, — dedi Di Kaprio.

Suhbatning eng qiziqarli qismi “Titanik”ga kelib taqaldi. Lourens aktyordan 1997-yilda chiqqan filmni hech bo‘lmasa keyinroq ko‘rgan-ko‘rmaganini so‘radi. Di Kaprio esa qisqa va aniq javob berdi: “Yo‘q. Men uni umuman ko‘rmaganman”. U shuningdek, o‘zi ishtirok etgan filmlarni tomosha qilmaslik odati borligini ham qo‘shimcha qildi.

Jennifer Lourens ham ko‘pincha o‘z filmlarini ko‘rmasligini aytib, biroq “Titanik” kabi kartinani baribir ko‘rgan bo‘lardim, deya hazil aralash fikr bildirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Leonardo Di Kaprio tan oldi: “Titanik”ni hech qachon ko‘rmaganman