23:55 / 06.05.2015
8 334

Shohruxxon: To‘yimni kutib yashayapman

Shohruxxon: To‘yimni kutib yashayapman

Oilali degan maqomga erishish baxtini tuyishni istayotgan xonanda Shohruxxon o‘y va kechinmalari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda «Sug‘diyona» gazetasiga asoslanib Daryo.uz xabar bermoqda.

Xonanda o‘zining to‘yi bo‘ladigan kunni kutib yashayotganini ma’lum qildi: «Chiroyli oilam, bolalarim bo‘lishini istayman. Ularni insofli insonlar qilib tarbiyalashni, birga maza qilib o‘ynashni xohlayapman. Menimcha, buning fursati etdi».

Shohruxxon mahzun ko‘zlari qachon kulishini ham ta’kidlab o‘tdi: «Do‘stlarim, yaqinlarim davrasida doim kulib yuraman. Oxirgi paytlari bolalarni ko‘rganimda, ko‘zlarim boshqacha chaqnayapti. Farzandlarimni qo‘limga olganimda, boshqacha porlay boshlasa kerak».

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Shohruxxon: To‘yimni kutib yashayapman