Dilnoz Hakimova onalik hayotidagi o‘zgarishlar va qizalog‘i haqida hissiyotlarga to‘lib gapirib berdi

Xonanda Dilnoz Hakimova qiz farzandli bo‘lganidan so‘ng hayotida yuz bergan o‘zgarishlar haqida gapirib berdi. U onalik davrini o‘z hayotidagi eng yoqimli va baxtli bosqichlardan biri sifatida ta’rifladi.
Xonandaning aytishicha, qizalog‘i dunyoga kelgach, uning mehr beradigan va sevadigan insonlari yanada ko‘paygan. Bu esa ijodiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Dilnoz Hakimova qalbidagi mehr va his-tuyg‘ular qo‘shiq yaratishga ilhom berayotganini ta’kidladi.
Shuningdek, xonanda tadbir va to‘ylarda ishtirok etganida ham muxlislaridan qizi Amani haqida ko‘plab savollar olayotganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kuzatuvchilari tez-tez "Amani yaxshimi?" deya hol-ahvol so‘rashadi. Dilnoz Hakimova qiziga Amani deb ism qo‘yganini, avvaliga yaqinlari bu ismni eslab qolish qiyin bo‘lishi mumkinligini aytganini ham esladi. Biroq hozir bu ism muxlislari uchun ham tanish bo‘lib ulgurgan.
Bundan tashqari, xonanda Mirjalol bilan yangi klip ustida ish boshlaganini ma’lum qildi. Ayni paytda ijodkorlar klip suratga olish jarayonlarini olib bormoqda.































Izohlar 0
…