Dilnoz Hakimova yangi taronasidan parcha ulashdi (video)

Xonanda Dilnoz Hakimova yangi tarona ustida ishlamoqda. U Instagram sahifasida qo‘shig‘idan qisqa parcha ulashib, video ostiga “Yurakda sevgi” deb yozib qoldirdi. Bu esa yangi qo‘shiq aynan shu nom bilan chiqishiga ishora qilmoqda.
Qisqa lavha kuzatuvchilar e’tiborini tortdi. Izohlarda muxlislar xonandaga omad tilab, tarona qachon premera qilinishiga qiziqish bildirishdi. Ayrim kuzatuvchilar esa qo‘shiqdan parcha tinglab, uning ajoyib chiqqani haqida iliq fikrlar yozishdi.
Hozircha Dilnoz Hakimova yangi qo‘shiqning rasmiy premera sanasini e’lon qilmagan. Muxlislar esa “Yurakda sevgi” taronasining to‘liq talqini taqdim etilishini intiqlik bilan kutmoqda.






























Izohlar 0
…