Ozoda Nursaidova Amsterdamdan muxlislariga qorli salom yo‘lladi (video)

Xonanda Ozoda Nursaidova hozirda Niderlandiyaning Shimoliy Gollandiya viloyatida, aniqrog‘i Amsterdam shahrida ekanini ma’lum qiluvchi video postni Instagram sahifasiga joyladi.
Videoda san’atkor muxlislariga murojaat qilib, safar taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi:
“Barchaga Amsterdamdan salom! Hozir aynan Amsterdamdamiz. Bu safarimiz qorli ob-havoga to‘g‘ri keldi. Amsterdam hudud jihatdan uncha katta bo‘lmasa-da, juda chiroyli shahar. Bu yerga asosan yozda kelish tavsiya etiladi, biroq qish faslining ham o‘ziga xos gashti bor ekan”, — dedi xonanda.
Ozoda Nursaidova ushbu video ostiga “Hollandiyadan qorli salom” deya izoh qoldirdi. Xonandaning postini muxlislari iliq qarshi olib, ko‘plab yoqimli fikr va tilaklar yozib qoldirishdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing