Munisa Rizayevani tug‘ilgan kunida turmush o‘rtog‘i qanday tabrikladi? (video)

Xonanda Munisa Rizayeva 21 oktyabr kuni 40 yoshni qarshi oldi. San’atkor avval Instagram sahifasidagi videosi orqali tug‘ilgan kuni ekanini ma’lum qilgan bo‘lsa, kechqurun turmush o‘rtog‘i Arseniyning uni qanday tabriklaganini aks ettiruvchi videoni ham muxlislari bilan bo‘lishdi.
Xonanda video ostiga «Meni shunday tabriklashdi», deb yozib qoldirgan. Kadrlarda Arseniy qo‘lidagi katta guldasta bilan rafiqasining oldiga kirib kelib, uni tug‘ilgan kuni bilan tabriklayotganini ko‘rish mumkin. Shuningdek, shamlari yoqilgan tort ham olib kelinadi. Munisa esa tortdagi shamlarni o‘chirishdan avval niyat qiladi.
San’atkor turmush o‘rtog‘i tayyorlagan kutilmagan sovg‘a va e’tibor uchun unga minnatdorchilik bildiradi.
Video muxlislar e’tiboridan chetda qolmadi. Izohlarda foydalanuvchilar Arseniyning chiroyli tabrigiga iliq munosabat bildirib, Munisa Rizayevani tavallud kuni bilan qutlashdi va unga baxt, sog‘lik hamda oilaviy xotirjamlik tilashdi.






























Izohlar 0
…