date

Botir Qodirovdan yangi premyera klip "Tilga kirsa gapirar"

Botir Qodirovdan yangi premyera klip "Tilga kirsa gapirar"

O‘zbek estradasining o‘z yo‘liga ega ijodkorlaridan Botir Qodirov muxlislariga navbatdagi yangiligini taqdim etdi. Xonanda “Tilga kirsa gapirar” nomli yangi qo‘shig‘i hamda unga ishlangan videoklipni omma e’tiboriga havola qildi.

Mazkur tarona uchun suratga olingan klip rejissyori — Abduhalil AS, prodyuserlik ishlarini esa Asror Isoxo‘jayev olib borgan. Videoklip vizual yechimlari bilan alohida ajralib turadi: unda bir nechta mashhur kinokartinalarga nozik va o‘ylangan ishoralar mavjud. Xususan, The Big Lebowski filmidagi mashhur sahnaga murojaat qilingan. Qizig‘i shundaki, ushbu epizod avvalroq Jahongir Otajonovning “Poram” qo‘shig‘i klipida ham eslatib o‘tilgan edi.

Shuningdek, klipda Cinema Paradiso hamda The Godfather kabi kino durdonalaridan ilhomlangan lavhalarni ko‘rish mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Botir Qodirovdan yangi premyera klip "Tilga kirsa gapirar"