Yulduz Usmonova qo‘shiqlarini merosxo‘ri kim ekanini aytdi (video)

Yulduz Usmonova qo‘shiqlarini merosxo‘ri kim ekanini aytdi (video)

Xonanda Yulduz Usmonova intervyularidan birida qiziga doim aytib keladigan gaplari va qo‘shiqlariga bo‘lgan munosabati haqida so‘zlab berdi.

“Qizimga doim bir narsani aytaman: mening qo‘shiqlarimga sen xo‘jayin bo‘la olmaysan. Alloh menga bu ne’matni xalqqa xizmat qilishim uchun bergan. Sen meni va qo‘shiqlarimni himoya qilasan, ularning buzilmasligi, o‘zgartirilmasligi uchun harakat qilasan. Lekin xalqqa xizmat qilishiga yordam berasan, deb doim aytaman.

Albatta, qo‘shiqlarimning haqiqiy merosxo‘ri — xalqimiz, davlatimiz. Shuning uchun qo‘shiqlarimni kimdir ijro etishiga qarshi bo‘lmaganman. Hech kimdan gonorar so‘ramaganman, qo‘shiqlarim aytilganidan pul kelishi kerak, deb ham hisoblamayman.

Qo‘shiq aytildi — u otilgan o‘qdek. Sendan uchib ketdi, endi uni ortga qaytara olmaysan. U uchar qushga aylandi va o‘z egasini topdi. Uning pulini ham, rahmatini ham ola olmaysan, chunki bu Allohning irodasi bilan bo‘ladi. Bu sening xohishing bilan emas.

Menga o‘xshab qo‘shiq aytganlar kammi? Sherali Jo‘rayevga o‘xshab kuylaganlar qancha? Qo‘shiqchilar ko‘p. Lekin hammaning ham o‘qi o‘tkir emas. Uni o‘tkir qilib qo‘yadigan — Alloh”, — dedi xonanda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar