17 439
O‘zbekistonlik 10 yoshli qizaloq Dima Bilan, Nyusha va Valeriy Meladzeni lol qoldirdi
Rossiyada havaskor qo‘shiqchilar o‘rtasida o‘tkaziladigan yirik “Golos” loyihasidan xabaringiz bor. Bu loyiha bir necha yillardan buyon muxlislarning sevimli ko‘rsatuviga aylanishga ulgurgan. Loyihaning bolalar o‘rtasidagi tanlovi ham o‘tkazib kelinadi. “Golos. Deti” musiqiy tanlovida shu vaqtgacha bir necha o‘zbekistonlik bolalar ishtirok etgan. Endilikda ularning qatori yana bir kichik ijrochi bilan to‘ldi, deb yozadi Qalampir.uz sayti.
22 fevral kuni namoyish etilgan “Golos. Deti” loyihasida 10 yoshli Milana Pak ham ishtirok etib, tomoshabinlarning olqishlariga sazovor bo‘ldi. U Demi Lovatoning “Stone Cold” qo‘shig‘ini qoyilmaqom tarzda ijro etib, hakamlarning ham e’tirofiga sazovor bo‘ldi.
Milana qo‘shiq kuylashni boshlagandan bir necha soniyalar o‘tiboq, Dima Bilan uning ijrosidan ruhlanib, darhol zarur tugmani bosgan holda Milana tomonga qaradi. Qo‘shiq tugagandan so‘ng, hakamlar qatorida bo‘lgan xonanda Nyusha va Valeriy Meladze ham uning iqtidoriga tan berishganini ularning his-hayajonidan sezish qiyin emas edi.
Milana 10 yoshda va Toshkentdan ekanligini aytganida, hakamlar hayratlanishdi. Kichik yoshdagi qizaloq katta iste’dodi bilan ularni lol qoldira oldi.
Milana Pak O‘zbekistondagi bolalarning musiqiy tanlovi hisoblangan “Yulduzcha” loyihasida ham ishtirok etib, g‘oliblikka erishgan edi. Rossiyaning “Golos. Deti” loyihasining 4-mavsumida ham Milanaga omad tilaymiz.
Quyidagi video orqali Milana Pakning 22 fevralda o‘tkazilgan “Golos. Deti” loyihasidagi ishtirokini tomosha qilishingiz mumkin.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi