Jahongir Otajonov 48 yoshini noodatiy tarzda nishonladi (video)

1 daqiqa o'qish196
Jahongir Otajonov 48 yoshini noodatiy tarzda nishonladi (video)

Xonanda Jahongir Otajonov tavallud kunidan lavhalarni Instagram sahifasiga joylashtirdi. Videoda san’atkor yaqinlari davrasida 48 yoshini qarshi olgani aks etgan.

Tug‘ilgan kun tortidagi shamlar o‘rniga xonandaning bir dona gugurt cho‘pini yoqib, uni o‘chirayotgani ko‘pchilikning e’tiborini tortdi. Ushbu holat ijtimoiy tarmoqlarda turli hazil va izohlarga ham sabab bo‘ldi.

Jahongir Otajonov video ostiga “Bugun tug‘ilgan kunim” deya yozib qoldirgan. Kuzatuvchilar esa san’atkorni tavallud ayyomi bilan tabriklab, unga iliq tilaklarini yo‘llamoqda.

Ma’lumot uchun, Jahongir Otajonov 1978 yil 29 sentyabrda Xorazm viloyatida tug‘ilgan. San’atkorlar oilasida voyaga yetgan xonanda amakisi, taniqli san’atkor Ortiq Otajonovga havas qilib, musiqa olamiga kirib kelgan.

Jahongir Otajonovning ko‘pchilik bilgan “Qaddi baland”, “Jingalamo”, “Happy Birthday” va “Kachayte” kabi qo‘shiqlari bor.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?