Jahongir Otajonov qanday kitoblarni o‘qishini aytdi (video)

Jahongir Otajonov qanday kitoblarni o‘qishini aytdi (video)

Xonanda Jahongir Otajonov intervyularidan birida qanday kitoblarni o‘qishi haqida gapirdi. Undan uyida qancha kitob borligi va bu haqda ochiq ayta olishi so‘ralgan.

“Men buni oldin ham aytganman. Men kitob o‘qiyman, Qur’on o‘qiyman. Zotan, o‘qish mumkin bo‘lgan bitta kitob bor bu dunyoda, u ham Qur’on. Insonlarning yozgan kitoblarini men o‘qimayman. Ularning kitobi yaxshi emas, deya olmayman. Shunchaki o‘qimayman. Kitob o‘qishga qiziqmayman, chunki bu mening shaxsiy fikrim”, — dedi xonanda.

Jahongir Otajonov, shu bilan birga, mumtoz adabiyot namunalarini o‘qishi va ijodida ulardan foydalanishini ta’kidladi.

“Adabiyot o‘qiyman. Masalan, Alisher Navoiy yoki Nodirabegim, Nozimaxon kabi ko‘plab ijodkorlar bor. Yaqinda Nizomiy Ganjaviyning g‘azaliga ashula yozdim. Masalan, “Qaddi baland” ham klassika, Hofiz Xorazmiyniki, “Jingalamo” ham klassika, qo‘qonlik shoira Anbar Otinniki. Bunday ijodkorlarning she’rlari juda ko‘p. Mening ijodimda ham Alisher Navoiy g‘azallari bor”, — dedi Jahongir Otajonov.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar