“Xalq so‘zi” va O‘zbekiston radiosida ishlagan jurnalist vafot etdi

Taniqli jurnalist, mehnat faxriysi Abdusamad Yo‘ldoshev 86 yoshida vafot etdi. U uzoq yillar davomida OAV sohasida fidokorona mehnat qilib, jurnalistika rivojiga munosib hissa qo‘shgan ijodkorlardan biri sifatida e’tirof etiladi.
Abdusamad Yo‘ldoshev 1940 yilda Zangiota tumani Xonobod qishlog‘ida tug‘ilgan. Faoliyati davomida O‘zbekiston radiosi, “Xalq so‘zi” hamda “Toshkent haqiqati” gazetalarida turli lavozimlarda ishlagan. U muxbir, bo‘lim boshlig‘i, shuningdek, bosh muharrirning birinchi o‘rinbosari kabi mas’uliyatli vazifalarda xizmat qilgan.
U “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.Yaratgandan uning so‘nggi manzilini keng va yorug‘ etishini so‘radi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing