So‘z ustasi Valijon Shamsiyev “komada” degan gaplarga munosabat bildirdi

So‘z ustasi Valijon Shamsiyev o‘zi haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan asossiz mish-mishlar yuzasidan Ichki ishlar idoralariga murojaat qilganini ma’lum qildi. Xususan, uning go‘yoki komaga tushgani haqidagi yolg‘on xabarlar san’atkor va oilasining noroziligiga sabab bo‘lgan.
Valijon Shamsiyevning qizi ham bu gaplarga munosabat bildirib, “Agar dadam komada bo‘lsalar, unda meni yonimda nima qilib yuribdilar?” deya kinoya bilan javob bergan. Bu orqali u tarqatilayotgan xabarlar mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ta’kidlagan.
San’atkorning o‘zi esa jamoatchilikka murojaat qilib, bunday mish-mishlar tarqatishda insofli bo‘lishga chaqirdi. Uning aytishicha, avvaliga bu gaplarga e’tibor bermagan, biroq bo‘htonlar ko‘paygani sababli sukut saqlab bo‘lmas darajaga yetgan. Valijon Shamsiyev sog‘lig‘i joyida ekanini, farzandlari ham yaxshi ekanini aytib, shaxsiy hayoti haqida yolg‘on gap-so‘zlar tarqatmaslikni so‘radi. U aynan shu sababli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ariza bilan murojaat qilganini bildirib, barchani bundan buyon ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!