date

"Garry Potter" filmidagi mashhur obraz qahramoni Xitoyda Yangi yil ramziga aylandi

"Garry Potter" filmidagi mashhur obraz qahramoni Xitoyda Yangi yil ramziga aylandi

Xitoyda Oy kalendari bo‘yicha nishonlanadigan Yangi yil arafasida Garry Potter filmidagi mashhur obraz — Drako Malfoy kutilmaganda bayram ramziga aylandi. Aktyor Tom Felton ijro etgan bu qahramonning surati tushirilgan bezaklar va tabriknomalar ijtimoiy tarmoqlar hamda onlayn savdo saytlarida ommalashmoqda.

Bunga sabab — Drako Malfoy ismining xitoy tilidagi tarjimasi bo‘lib, u “Ma-er-fu” deb talaffuz qilinadi. Ushbu ifoda esa xitoy tilida “ot” va “omad” so‘zlariga yaqin eshitiladi. Bu holat 2026-yil — Ot yili uchun ayni muddao timsol sifatida qabul qilinmoqda.

Xitoyda odatga ko‘ra, Yangi yil bayrami oldidan uy eshiklariga farovonlik, baxt va omad tilovchi yozuvlar ilib qo‘yiladi. Bu yil esa ko‘plab xonadonlar Drako Malfoy obrazidagi suratlar bilan bezatilmoqda.

Yirik elektron savdo maydonlaridan biri — Taobao platformasida Malfoy obrazidagi stikerlar, magnitlar va dekorlar faol sotilmoqda. Trend esa aktyor Tom Feltonning ham e’tiboridan chetda qolmadi. U Instagram sahifasida “Drako Malfoy Xitoy Yangi yilining ramziga aylangani” haqida story joylashtirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » "Garry Potter" filmidagi mashhur obraz qahramoni Xitoyda Yangi yil ramziga aylandi