Rayhondan “Dil poralar” – Yangi tarona muxlislar qalbini zabt etdi!

O‘zbek estradasining yorqin yulduzlaridan biri Rayhon 6-fevral kuni muxlislarini yangi “Dil poralar” nomli qo‘shig‘i bilan xushnud etdi. Tarona e’lon qilingan zahoti YouTube platformasida tinglovchilar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.
Romantik ohanglar va yurakdan chiqqan so‘zlar bilan boyitilgan ushbu kompozitsiya Rayhon ijodining yana bir samimiy namunasi bo‘ldi. Qo‘shiq sevgi, sog‘inch va ichki kechinmalarga boy bo‘lib, ayniqsa yuragida armoni bor tinglovchilar qalbiga o‘zgacha ta’sir o‘tkazmoqda.
Muxlislar ijtimoiy tarmoqlarda taronani “haqiqiy hislar bilan kuylangan”, “Rayhondan kutgan darajadagi chiroyli tarona”, deya baholab, san’atkorni qo‘llab-quvvatlashmoqda.
Rayhon “Dil poralar” orqali yana bir bor o‘zining mahoratli, professionallik bilan yondashgan san’atkor ekanini isbotladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!