date

Bred Pitt yana poygaga qaytadimi? “Formula 1” filmining davomi rejalashtirilmoqda

Bred Pitt yana poygaga qaytadimi? “Formula 1” filmining davomi rejalashtirilmoqda

“Formula 1” filmi muxlislari uchun quvonarli xabar — filmning ikkinchi qismi suratga olinishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda prodyuser Jerri Brukxaymer “BBC”ga bergan intervyusida tasdiqladi.

Prodyuser hozircha loyiha muddati yoki aktyorlar tarkibi haqida tafsilot berishni istamadi. Shuningdek, Bred Pitt yangi qismda yana ishtirok etadimi yoki yo‘qligi ham noma’lum qolmoqda. “Biz filmni davom ettirish ustida ishlayapmiz”, — deydi Brukxaymer.

“Formula 1” filmining davomi haqidagi mish-mishlar 2025 yil kuzidan beri yangrayotgandi. Rejissyor Jozef Kosinski ham dramaning davomini suratga olish istagini bildirgan. Noyabr oyida u jamoa ijodiy izlanish bosqichida ekanini ma’lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, film Apple TV platformasida eng katta daromad keltirgan loyiha bo‘lgan. U Ridli Skottning “Napoleon” va Martin Skorsezening “Killers of the Flower Moon” filmlarini ortda qoldirgan.

Syujetga ko‘ra, Sonni Xeys (Bred Pitt) sobiq “Formula 1” poygachisi bo‘lib, jiddiy avariyadan so‘ng sportni tark etadi. Yillar o‘tib esa yosh iste’dod Joshua Pirsga (Damson Idris) murabbiylik qilish uchun trekka qaytadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Bred Pitt yana poygaga qaytadimi? “Formula 1” filmining davomi rejalashtirilmoqda