«Apple» ayrim qurilmalari narxini rasman oshirdi

«Apple» kompaniyasi AQSH bozorida «Mac», «iPad», «HomePod», «Apple TV» va «Vision Pro» qurilmalarining narxlarini oshirdi. «iPhone», «Apple Watch» hamda «AirPods» narxlari hozircha o‘zgarmagan. Kompaniya bu qarorni xotira chiplari va boshqa butlovchi qismlar qimmatlashayotgani bilan izohlagan.
Yangi narxlarga ko‘ra, boshlang‘ich «MacBook Neo» 599 dollardan 699 dollarga qimmatlashdi. «MacBook Air» narxi 1099 dollardan 1299 dollarga, «MacBook Pro» esa 1699 dollardan 1999 dollarga ko‘tarildi.
«iPad Air» narxi 599 dollardan 749 dollarga, «iPad Pro» esa 999 dollardan 1199 dollarga oshdi.
Rasmda keltirilgan boshqa o‘zgarishlar:
• «iMac» — 1299 dollardan 1499 dollarga
• «Mac mini M4 Pro» — 1399 dollardan 1599 dollarga
• «Mac Studio M4 Max» — 1999 dollardan 2499 dollarga
• «Mac Studio M3 Ultra» — 3999 dollardan 5299 dollarga
• «Vision Pro» — 3499 dollardan 3699 dollarga
• «HomePod mini» — 99 dollardan 129 dollarga
• «HomePod» — 299 dollardan 349 dollarga
• «Apple TV» — 129 dollardan 199 dollarga
Ushbu narxlar AQSH bozori uchun ko‘rsatilgan. O‘zbekistondagi savdo nuqtalarida narx o‘zgarishi import xarajatlari, valyuta kursi va sotuvchilarning zaxirasiga qarab turlicha vaqtda aks etishi mumkin.































Izohlar 0
…