«Oskar»ni ilk filmidayoq qo‘lga kiritgan Gollivud afsonasi 102 yoshida vafot etdi

«Oskar»ni ilk filmidayoq qo‘lga kiritgan Gollivud afsonasi 102 yoshida vafot etdi

Gollivudning oltin davri vakillaridan biri, amerikalik aktrisa Eva Mari Seynt 102 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. U Los-Anjelesdagi uyida tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgani ma’lum qilindi.

Eva Mari Seynt 1954 yilda Marlon Brando bilan birga «Suv bo‘yida» (On the Waterfront) filmida katta ekrandagi debyutini qilgan. Mazkur filmda ijro etgan roli unga «Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktrisa» nominatsiyasida «Oskar» mukofotini olib kelgan.

Aktrisa, shuningdek, Alfred Xitkokning mashhur «Shimoldan-shimoli-g‘arbiy» (North by Northwest) filmidagi roli bilan ham kino tarixida o‘ziga xos iz qoldirgan. Faoliyati davomida u «Raintree County», «Exodus», «Grand Prix» kabi ko‘plab filmlarda suratga tushgan.

Eva Mari Seynt kino va televideniyega qo‘shgan hissasi uchun Gollivud Shon-sharaf xiyobonida ikkita yulduz bilan taqdirlangan.

Aktrisa uzoq yillik faoliyati davomida Gollivudning eng mashhur ijodkorlaridan biri sifatida e’tirof etilgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar