
Kecha, 23 mart kuni taniqli rejissyor, o‘zining shov-shuvli filmlari, xususan, “Baron”, “Er bermoq – jon bermoq”, “Kelgindi kelin”, “Sevishganlar” filmlari bilan muxlislar qalbidan joy olgan ijodkor Rustam Sa’dievning otasi vafot etdi, deb yozmoqda Qalampir.uz sayti.
Bundan bir necha hafta ilgari rejissyor o‘zining Instagram'dagi sahifasi orqali otasi haqida quyidagilarni yozib qoldirgandi...
“Otamning betobliklarini eshitib, do‘stlari ko‘rgani kelishibdi. Kuzatib turib, “odam taftini odam oladi”, degan o‘zbegimga xos fazilatdan yana bir bor xursand bo‘ldim. Bizning millatga xos bir-biriga e’tiborlilik, qonimizga singib ketgan xayrxohlik avloddan avlodga o‘taversin. Sizlarning boringizga shukur”.
Ma’lumotlarga ko‘ra, janoza bugun “Teshik qopqoq” qabristonida, peshinda o‘qiladi.
Fursatdan foydalanib, tahririyatimiz nomidan Rustam Sa’dievning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildiramiz. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar