date

Xonanda Dilnoz klip suratga olish uchun qancha pul sarflashini ochiqchasiga aytdi

Xonanda Dilnoz klip suratga olish uchun qancha pul sarflashini ochiqchasiga aytdi

Xonanda Dilnoz intervyulardan birida ijodiy faoliyati bilan bog‘liq xarajatlar haqida ochiq gapirdi.Uning aytishicha, konsert va xizmatlardan tushgan mablag‘larning barchasi shaxsiy ehtiyojlar uchun sarflanmaydi.

San’atkor ta’kidlashicha, daromadning muayyan qismi ijodga yo‘naltiriladi. Xususan, bir oddiy qo‘shiqni to‘liq tayyorlash jarayoni o‘rtacha 3 ming dollargacha mablag‘ni talab qiladi.

Klip suratga olish xarajatlari esa bundan ham yuqori. Dilnozning so‘zlariga ko‘ra, odatda klip ishlab chiqarish uchun 4–5 ming dollar atrofida mablag‘ sarflanadi.

Ayrim holatlarda esa klip byudjeti 10–15 ming dollargacha yetishi mumkin. Xonanda ayni paytdagi yangi klipi taxminan 4–5 ming dollar atrofidagi mablag‘ evaziga suratga olinayotganini ma’lum qildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Xonanda Dilnoz klip suratga olish uchun qancha pul sarflashini ochiqchasiga aytdi