"Qodirxon" serialidagi aktyor Davron Asqarovning mashinasini urib qochishdi!

“Qodirxon” seriali orqali tomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan aktyor Davron Asqarov noxush hodisaga duch keldi. Uning mashinasini noma’lum shaxs urib ketgani haqida aktyor ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.
Aktyor joylagan videoda aytishicha, mashina yo‘l chetida turgan paytda boshqa avtomobil kelib urib ketgan. Biroq hodisani sodir etgan haydovchi voqea joyidan qochib ketgan.
Davron Asqarovning ta’kidlashicha, hozirgi kunda deyarli hamma joyda kuzatuv kameralari mavjud. Shu sababli hodisani sodir etgan shaxsni aniqlash qiyin bo‘lmasligini aytgan.
“Xullas, o‘rtoqlar, ro‘za Ramazon oylarida shunday ko‘rgilik bo‘lib qoldi. Buni qilgan odam nega qochib ketganini bilmadim. Mashinamni urib qochib ketishibdi. Endi 21 asr, hamma joyda kamera bor, bemalol topsa bo‘ladi. Mayli, ko‘rgilik ekan”, — deya izoh qoldirgan aktyor.
