Shahloxonim heyterlarga hazilomuz ogohlantirish berdi (video)

Shahloxonim heyterlarga hazilomuz ogohlantirish berdi (video)

Mashhur aktrisa Shahlo Zoirova (Shahloxonim) ijtimoiy tarmoqda o‘z manziliga salbiy izoh qoldiradigan heyterlarga hazilomuz tarzda murojaat qildi.

Aktrisa hordiq chiqarish maskanlaridan biridagi boks zarbasi kuchini o‘lchaydigan avtomat (Boxer)da mushtining kuchini sinab ko‘rdi. Shundan so‘ng u videoda: «Negativ izoh yozadiganlar, kommentariyni ehtiyot bo‘lib yozinglar. Bo‘lmasa, keyingi zarba shu avtomatga emas, sizlarga to‘g‘ri kelib qolmasin», deya hazilomuz tarzda gapirdi.

Ushbu video ijtimoiy tarmoqlarda tez tarqalib, kuzatuvchilar orasida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ko‘pchilik aktrisaning hazilini iliq qabul qilib, uning kayfiyati va samimiyligiga ijobiy munosabat bildirdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar