Shahloxonim farzandlari bilan Misrcha obrazda barchani lol qoldirdi!

So‘nggi paytlarda turli davlatlarga sayohatlari bilan e’tibor tortayotgan Shahloxonim bu safar farzandlari bilan tushgan suratlari orqali muxlislar e’tiborini qozondi. U ijtimoiy tarmoqlarga joylagan kadrlarda farzandlari bilan Misr milliy liboslariga xos obrazda namoyon bo‘lgan.
Suratlar izohlarda iliq munosabatlarga sabab bo‘ldi. Shahloxonim post ostida 7 iyul sanasi oilasi uchun alohida ahamiyatga ega ekanini yozib qoldirdi.

Uning ta’kidlashicha, bu kun uch o‘g‘lining tug‘ilgan kuni bilan bog‘liq. Zubair 10 yoshga, G‘ofur 7 yoshga, Muhammad esa 3 yoshga to‘lgan.
“Uch o‘g‘il, uch yosh, uch xil xarakter va bitta umumiy baxt”, deya yozgan Shahloxonim farzandlarini “bebaho boyliklari” deb atadi.































Izohlar 0
…